Messini ketkazib to‘g‘ri qilganmiz
“Barselona” prezidenti Joan Laporta 2021 yilda afsonaviy argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan xayrlashish sababini ochib berdi.
- Men Leo Messini klubdan ketkazish qarorini qabul qilishga majbur bo'ldim va o'ylaymanki, bu to'g'ri bo'ldi. Natijalarning o'zi shundan dalolat bermoqda.
Biz moliyaviy holatni yaxshiladik, raqobatbardosh jamoa tuzdik va avlodlar almashinuv vaqti kelgan edi, - dedi Joan Laporta.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi sakkiz karra “Oltin to'p” sovrindori, shuningdek Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni hisoblanadi.
“Barselona” futbolchisi u sifatida u to'rt marta Chempionlar ligasini va o'n marta Ispaniya chempionatini bosh sovrininiqo'lga kiritgan.
Hozirda Messi “Inter Mayami” jamoasida o'ynamoqda.
Fikrlar