"Milan" "Arsenal"ning ikki nafar futbolchisini sotib olmoqchi

  • 11.11.2019 20:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning “Milan” klubi o‘z safini “Arsenal”ning ikki nafar futbolchisi - Granit Jaka va Lukas Torreyra bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Torreyra joriy mavsum bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos, shu bois uning agenti joriy hafta “kanonirlar” rahbariyati bilan uchrashib, mijozining kelajagini muhokama qilmoqchi.

Jaka esa so‘nggi paytlarda muxlislar bilan yuzaga kelgan vaziyatdan so‘ng jamoadan ketish payiga tushgan. U hozirda “rossonerilar” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va xatto Milandan o‘ziga uy qidirishni ham boshlab yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!