Mourino "Roma" futbolchilarini ochiqchasiga tanqid qildi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining ba’zi futbolchilarining o‘yin darajasidan norozi ekanligini aytmoqda.
Rimliklar A Seriyaning so‘nggi uchta o‘yinida bor-yo‘g‘i 2 ochko qo‘lga kiritishdi. Bugun Mourino shogirdlari o‘z maydonida "Torino"ni mag‘lub eta olmadi (1:1), so‘nggi daqiqalardagi Matichning goli "bo‘rilar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Ba’zi jamoalarda juda ko‘p ajoyib o‘yinchilar bor. Shunday futbolchilar bizning tarkibda ham juda ko‘p. Lekin bizda natija yo‘q. Yashirmayman, ayrim futbolchilarimiz hozir juda past saviyada futbol o‘ynashmoqda. Yaxshiyamki, tanaffus keldi. Bu ko‘pchilik uchun o‘z o‘yinlarini baholash va xulosa chiqarish uchun to‘g‘ri vaqt", — dedi portugaliyalik o‘yindan keyin DAZN nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar