MYu va “Nyukasl” “Borussiya” himoyachisini uchun kurashga qo‘shilishdi
"Manchester Yunayted" va "Nyukasl" Dortmundning "Borussiya" klubi o‘ng qanot himoyachisi Yulian Ryuerson uchun kurashda "Barselona"ga qo‘shildi. Bu haqida Bild xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, har ikki ingliz klubi skautlariga 28 yoshli futbolchining sifatlari ma’qul kelgan. Ular Ryuersonni "har bir o‘yinda bor kuchini sarflaydigan kuchli va namunali jangchi" deb ta’riflashdi. Ta’kidlanishicha, Angliyada Ryuersonning maoshini uch barobarga oshirishlari mumkin.
Joriy mavsumda Ryuerson barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 20 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar