“Neftchi”ning nazorat oʻyinidagi raqibi oʻzgardi

  • 04.02.2026 17:52
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek, Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Neftchi” klubi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida bir nechta oʻrtoqlik nazorat uchrashuvlarini oʻtkazishni rejalashtirgan edi. Jumladan, ertaga Doneskning “Shaxtyor” klubiga qarshi navbatdagi nazorat bahsi belgilangan edi.

Biroq nomaʼlum sabablarga koʻra, ukrainaliklar mazkur uchrashuvni oʻtkazishdan bosh tortishdi. Shu sababli farʼgʻonaliklar rahbariyati zudlik bilan yangi raqib izlashga kirishdi va ertangi nazorat uchrashuvi uchun Qirgʻiz Respublikasining amaldagi chempioni — Issiqkoʻl viloyatining “Bars” klubi bilan kelishuvga erishildi.

Eslatib oʻtamiz, “Neftchi” — “Bars” (Qirgʻiz Respublikasi) uchrashuvi ertaga  Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!