O‘runovning ustozi diskvalifikatsiya qilindi
"Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. bu haqda "Chempionat" nashri xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, germaniyalik mutaxassis Rossiya Premer-ligasi 18-turi doirasidan o‘rin olgan "Sochi"ga qarshi (0:1) uchrashuvdan keyin sodir bo‘lgan voqea yuzasidan 50 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi. Xuddi shunday jazoni "Sochi" darvozabonlar murabbiyi Dmitriy Borodin ham olgan. Mezbonlar yarim himoyachisi Joazino esa aybsiz, deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, Tedesko o‘yin davomida "Sochi" vakillari bilan og‘zaki aytishuvlarni boshlagan edi. "Qizil-oqlar" matbuot xizmati "Sochi" darvozabonlar murabbiyi Borodin tanaffus paytida Tedesko sha’niga irqchilik va millatchilik ruhidagi gaplar aytganini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar