O‘zbekiston 3-terma jamoasi ham zafar quchdi
Samarqandda shaxmat Olimpiadasi start oldi.
Ilk turda Oʻzbekiston 3-terma jamoasi Maliga qarshi bahs olib borib, 3,5:0,5 hisobida gʻalaba qozondi.
Birinchi taxtada Saidakbar Saydaliev Traore Bakari bilan durang oʻynadi — 0,5:0,5. Olmos Rahmatullaev Omar Keyta ustidan zafar quchgan boʻlsa, Muhammadali Abdurahmonov Maiga Babe Abdullani hisobida magʻlub etdi. Asrorjon Omonov esa Niare Yussufni taslim etishga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi Mali ustidan 3,5:1,5 hisobida gʻalaba qayd etdi.

Fikrlar