O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha nufuzli turnirga mezbonlik qilishi mumkin
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi, Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti Azizjon Kamilov Osiyo dzyudo ittifoqi (JUA) prezidenti Obeid Al-Anzi bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Osiyo dzyudo ittifoqi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari, mamlakatimiz dzyudosining qit’ada tutgan o‘rni va roli, yaqin yillar uchun mo‘ljallangan rejalar, o‘tkaziladigan musobaqalar hamda bir qator boshqa mavzular bo‘yicha fikr almashildi.
Xususan, 2027 yil o‘smirlar va yoshlar, 2028 yilda esa kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu masala Osiyo dzyudo ittifoqining navbatdagi yig‘ilishida muhokama uchun qo‘yilishiga kelishib olindi.
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar