Pedri: "Har safar uni maydonda qidiraman"

  • 05.12.2021 20:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida iliq fikrlar bildirdi. 

"Leo bilan o‘ynash yoqimli. Men har doim uni dunyodagi eng zo‘ri deb aytganman. Har safar Messi bilan birga maydonga tushganimda, uni qidiraman.

Siz unga savol bermaysiz, lekin Messi doimo o‘z ishini yaxshi bajarishini bilib turasiz", - deya uning so‘zlarini keltirdi "Diario Sport" nashri. 

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli Pedri "France Football" talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi. 

 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!