Rafinya "Oltin to‘p"ga loyiq ekanligini aytdi
"Barselona" vingeri Rafinya 2025 yil uchun "Oltin toʻp" mukofotiga loyiq boʻlganini maʼlum qildi. Braziliyalik futbolchi ovoz berish yakunlariga koʻra, beshinchi oʻrinni egallagan.
"Men xafa boʻldim. Hech boʻlmaganda kuchli uchlikka kirishni kutgandim. Ūzimni qaysi oʻringa qoʻyar edim? Birinchi oʻringa. Individual mukofot faqat bitta turnirga qarab berilishi kerak emas. Qoʻlga kiritgan sovrinlarim, koʻrsatgan statistikalarim va jamoaga qoʻshgan hissamni inobatga olsak, men gʻalabaga loyiq edim", — dedi Rafinya.
Maʼlumot uchun, oʻtgan mavsum mazkur sovrin esa PSJ jamoasi futbolchisi Usmon Dembelga nasib etgan.
Fikrlar