Rasman! “Manchester Siti” oʻyinchisi Kataloniyaga ketdi
“Manchester Siti”ga tegishli bo‘lgan hujumkor futbolchi Klaudio Echeverri qishki transferlar oynasida klubini o‘zgartirdi.
Manchesterliklar bilan do‘stona munosabatga ega bo‘lgan La Liga klubi “Jirona” 20 yoshli argentinalik o‘yinchini joriy mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Kataloniya shahri sharafini himoya qilayotgan klub transferni rasmiy sayti orqali e’lon qildi.
Aslida Echeverri “Manchester Siti”ning asosiy tarkibiga kira olmagani bois, klub o‘yin amaliyotini ta’minlash maqsadida uni mavsum boshida “Bayer”ga ijaraga bergandi. Biroq Leverkuzen klubida ham yosh o‘yinchiga yetarli imkoniyat berilmadi.
“Bayer”da jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan Echeverri bitta golli pas muallifi bo‘ldi xolos.
Endi iqtidorlu futbolchi Ispaniya chempionatida tajriba orttirishga harakat qiladi. Transfermarkt mutaxassislari Klaudio Echeverrining bozor qiymatini 15 million yevro, deb baholamoqda.
Fikrlar