"Real" etakchisi jarohat oldi

  • 26.09.2020 15:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Real" klubi bugun tunda "Real Betis" maydoniga safar qiladi. Ushbu muhim uchrashuv oldidan madridliklar etkachisi Marselo jarohat oldi.

"Qaymoqranglilar" rasmiy "Tvitter" sahifasi xabariga ko‘ra, braziliyalik fulbek belidan jarohat olgan va jamoa bilan Sevilyaga uchmagan. Endi Marselo "Benito Vilyamarin" stadionidagi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Braziliyalik himoyachi ortda qolgan mavsumning ham katta qismini aynan jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!