“Real” yulduzi ketadigan bo‘ldi
“Real” yarim himoyachisi Lukas Vaskes mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi klub prezidenti Florentino Peresdan keyin ikkinchi odam hisoblangan direktor Xose Sanches bilan uchrashib, kelajagi haqida gaplashib olgan.
Muloqot davomida tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi va Vaskes boshqa jamoalar taklifini o‘rganib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Joriy mavsumda primerada 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urgan va to‘rtta golli pas oshirgan Vaskes yozda erkin agentga aylanadi. Bu futbolchining xizmatiga “Milan”, “Yuventus” va “Tottenxem” ehtiyoj sezmoqda.
Fikrlar