“Real” yulduziga jiddiy xaridor chiqdi

  • 20.03.2026 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” klubi Madriddning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga uchun asosiy da'vogarga aylandi.

TEAMtalk ma'lumotiga ko‘ra, madridliklar 23 yoshli futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, Kamavinga ketadigan bo‘lsa, Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tishni istamoqda.

Fransiyalik yarim himoyachiga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham qiziqish bildirmoqda va ular allaqachon o‘yinchi vakillariga o‘z maqsadlarini bildirgan.

Qayd etilishicha, transfer summasi taxminan 70 million funtni tashkil qilishi mumkin va bu “Real”ni o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishga ko‘ndirish uchun yetarli summa ekani ayilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!