Shayxlar Angliyadagi yulduz uchun ikki yuz million yevro tikdi

  • 27.03.2026 06:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Argentinalik yarim himoyachi Enzo Fernandez yozda “Chelsi”ni tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqalganidan keyin unga turli klublardan takliflar ko‘payib bormoqda.

Fichajes nashri ma’lumotiga ko‘ra, mashhur futbolchiga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi jiddiy qiziqmoqda.

Saudiyaliklar ayni kuchga to‘lgan o‘yinchi transferi uchun 200 million yevro sarflashga tayyorligini bildirgan.

Enzo Fernandez so‘nggi paytlarda klubdagi qiyinchiliklar sababli jamoani tark etishni rejalashtirib qo‘ygan.

“Aristokratlar” bu futbolchini 2023 yilning yozida “Benfika”dan  121 million yevroga transfer qilgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!