Sherzod Nasrullaev “Nafas” bilan xayrlashdi

  • 01.01.2026 18:01
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

“Nafas” jamoasi himoyachisi Sherzod Nasrullaev instagram sahifasida klub bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Hurmatli “Nasaf” jamoasi, murabbiylar, rahbariyat va aziz muxlislar! Bugun men uchun juda muhim va hayajonli lahza — “Nasaf” futbol klubidagi faoliyatim bilan xayrlashmoqdaman. Bu jamoa menga nafaqat futbolchi sifatida, balki inson sifatida ham katta tajriba va saboqlar berdi. “Nasaf” safida o‘tkazgan har bir kunim, har bir mashg‘ulotim va har bir o‘yinim qalbimda unutilmas xotira bo‘lib qoladi.Bu klub mening uyimga, uning ranglari esa hayotimning bir qismiga aylandi. Murabbiylarimga ishonch va sabr uchun, jamoadoshlarimga elkadosh bo‘lib birga kurashganimiz uchun, muxlislarga esa cheksiz qo‘llab-quvvatlov va ishonch uchun chin dildan Rahmat aytaman.Bu xayrlashuv — vidolashuv emas, balki yangi bosqichning boshlanishi. “Nasaf” doimo yuragimda qoladi. Jamoaga kelajakda katta g‘alabalar, yorqin o‘yinlar va cheksiz muvaffaqiyatlar tilayman”, - deya yozib qoldirgan futbolchi o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Nasrullaev 2018 yildan beri “ajdarlar” safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida himoyachi 200 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol kiritgan va 35 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!