Shohasan Mirzamatovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 8 fevral, 2022, 09:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

27 fevral kuni Toshkentda Mahmud Muradov asos solgan, "Muradov_professional_Liga" ning navbatdagi turniri bo‘lib o‘tadi. Hozirga kelib, fayt-karddan o‘rin olgan bir nechta qarama-qarshiliklar aniq bo‘lib ulgurgan. 

Tecno

Mazkur jang kechasida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov ham oktagonga ko‘tariladi. Bugunga kelib, uning raqibiga ham oydinlik kiritildi. 

Mirzamatov 27 fevral kuni rossiyalik Islam Bagavutdinovga qarshi jang qiladi. Rossiya vakili faoliyati mobaynida 8 ta g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. Hamyurtimizning ko‘rsatkichi esa 8 g‘alaba va bir mag‘lubiyatdan iborat. 

Eslatib o‘tamiz, Shohasan Mirzamatov so‘ngi jangini ham "Muradov_professional_Liga"da o‘tkazib, braziliyalik Tiago Oliveyrani muddatidan avval mag‘lub etgan edi. 

Yurtdoshimizga oldinda kutib turgan muhim jangida ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

katanets

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!