“Siti” yana bir yulduzdan voz kechdi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoadagi avlodlar almashinuv bu yozda ham davom ettiradi. “Shaharliklar” tajribali yarim himoyachi Mateo Kovachich bilan xayrlashishga tayyor.
Xorvatiyalik futbolchi joriy mavsumning aksariyat qismini jarohatlar sabab o‘tkazib yubordi. Klub endi uni sotib yubormoqchi.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, futbolchiga Italiya ning “Milan” va “Inter” klublari, shuningdek Turkiya va Saudiya Arabistoni chempionatlari vakillari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Mateo Kovachichning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil o‘rtalarida yakunlanadi.
Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining bozor qiymati 12 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar