"So‘gdiyona" Gruziya jamoasiga mag‘lub bo‘ldi, Dorievdan gol!
"So‘gdiyona" jamoasi Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Gruziyaning "Rustavi" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Asosan yosh futbolchilarning o‘yin amaliyotini oshirishga qaratilgan bahs 1:3 hisobida yakunlandi.
"Bo‘rilar" safidagi yagona gol muallifi — Lyupcho Doriev bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, jizzaxliklar 20 fevralga qadar Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Fikrlar