Tomas Myuller: "Germaniya terma jamoasi hali Jahon chempionligiga tayyor emas"
"Vankuver" yarim himoyachisi Tomas Myuller Germaniya terma jamoasining 2026 yildgi Jahon chempionatida g'alaba qozonishga tayyorligi borasida fikr bildirdi.
— Musiala, Virts, Voltemade kabi futbolchilar — barchasini sanab o‘ta olmayman — o‘ta iste’dodli, yorqin o‘yinchilar. Ular jamoa yetakchilari bo‘lishi mumkin va ayrimlari allaqachon shunday maqomga ega. Ammo ular kubok yutishga to‘liq tayyor, deb ishonch bilan ayta olmayman.
Biz istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz, lekin istalgan jamoaga yutqazishimiz ham mumkin. Menda shunday his bor. Futbol millati sifatida, albatta, barqarorlik qayta tiklanishiga umid qilamiz. Bizga faqat salohiyatli o‘yinchilar emas, balki top-klublarda hal qiluvchi o‘rin tutayotgan yetakchilar kerak. Masalan, ko‘p yillardan beri "Bavariya"da o‘ynayotgan Yozua Kimmix yoki Antonio Ryudiger kabi futbolchilar, — dedi Myuller.
Fikrlar