Tuxel “Bunyodkor” ustozi rekordini takrorladi

  • 26.04.2021 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya premer-ligasining 33-turida “Chelsi” safar uchrashuvida “Vest Xem”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, Tomas Tuxel boshqaruvidagi londonliklar o‘ninchi “quruq” g‘alabasini qo‘lga kiritmadi. Germaniyalik mutaxassis braziliyalik murabbiy Luis Felipe Skolari natijasini takrorladi. Skolari boshchiligida “Chelsi” futbolchilari 2008 yilda o‘nta o‘yinda gol o‘tkazmay, g‘alaba qozongan edi.

464439_680

Ma’lumki, Skolari 2008-2009 yili “Chelsi”ni boshqarganidan keyin O‘zbekiston chempionatiga ko‘chib o‘tib, “Bunyodkor”ni qabul qilib olgan edi.  “Bunyodkor” bu mutaxassis boshchiligida 2009 yilgi mavsumda chempion bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!