U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston ishonchli hisobda Janubiy Koreyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi!
Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi davom etmoqda. "C" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya termasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 48-daqiqasida Behruz Karimov kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Saidumarxon Saidnurullaev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari guruhda 7 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pag‘onani esa Janubiy Koreya 4 ochko bilan band etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
{game}/19591889{/game}
Fikrlar