Ukraina "Evro-2020"dagi ilk g‘alabasini Shimoliy Makedoniya ustidan qo‘lga kiritdi (video)
Evropa chempionati “S” guruhining 2-turida Ukraina va Shimoliy Makedoniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:1 hisobida ukrainaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni Andrey Shevchenko jamoasi safida gollarni Andrey Yarmolenko (29') va Roman Yaremchuk (34') kiritgan bo‘lsa, raqib jamoa safida yagona javob goliga Ezdjan Alioski (57') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar