Yana 15 mamlakat World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi

  • 16.12.2025 20:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boks

World Boxing ga a’zo mamlakatlar soni ortib bormoqda. Ayni kunlarda ushbu tashkilotga yana 15 ta mamlakat boks federatsiyalari qo‘shildi. Avvaliga ushbu tashkilot a’zo mamlakatlar soni 137 tani tashkil etar edi. Yangi qo‘shilgan mamlakatlar quyidagilar:

Tunis,Serbiya,Bangladesh,Bahrayn,Puerto-Riko,Gayana,Malta,Lesoto,Esvatini,Niger,Togo,Seyshel va Farer Orollari,Marokash hamda Lyuksemburg

Ma’lumot uchun, a’zo milliy federatsiyalar soni 152 taga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!