Yilning eng yaxshi shaxmatchilari va mutaxassislar e'lon qilindi

  • 10.01.2026 18:10
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Shaxmat

Bugun bo‘lib o‘tgan shaxmat rivojiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida O‘zbekiston shaxmatining bugungi yutuqlari alohida e’tirof etildi hamda kelgusi rejalar taqdim etildi.

Avvalo, mamlakatimiz shaxmatchilarining xalqaro maydondagi faolligi yuqori baholanib, bugunga qadar sportchilarimiz 100 ga yaqin jahon va Osiyo chempionatlarida ishtirok etgani ta’kidlandi. Bu natijalar O‘zbekiston shaxmat maktabining barqaror rivojlanayotganidan dalolat ekani qayd etildi.

Matbuot anjumanida nafaqat yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yangi rejalar taqdim etildi, balki O‘zbekiston shaxmati rivojiga munosib hissa qo‘shganlar ham tantanali ravishda taqdirlandi.

Yilning eng yaxshilari:

Yilning eng yaxshi shaxmatchisi — Javohir Sindarov
Yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi — Umida Omonova
Yilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi (12 yoshgacha, o‘g‘il bola) — Nematillahonov Nurmuhammad
Yilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi (12 yoshgacha, qiz bola) — Husniddinova Husnora
Yilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi (20 yoshgacha, qiz bola) — Hamdamova Afruza
Yilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi (20 yoshgacha, o‘g‘il bola) — Muhiddin Madaminov

Para va faxriy shaxmatchilar:

Yilning eng yaxshi erkak para shaxmatchisi — Shoyusupov Marsel
Yilning eng yaxshi ayol para shaxmatchisi — Kakisheva Selbi
Yilning eng yaxshi faxriy shaxmatchisi — O‘ktam Sheraliev

Hakmlar va mutaxassislar:

Yilning eng yaxshi shaxmat hakami — Komiljon Azizov
Yilning eng yaxshi shaxmat tahlilchisi — Ulug‘bek Tillaev
Yilning eng yaxshi shaxmat sharhlovchisi — Anton Kim

Maxsus va faxriy mukofotlar:

Yilning eng yorqin shaxmat partiyasi — Nodirbek Abdusattorov
Shaxmat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun — Sergey Pinchuk

Tadbir yakunida barcha g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanib, ularning yutuqlari O‘zbekiston shaxmatining buguni va kelajagi uchun muhim poydevor ekani alohida e’tirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!