"Yunayted" etakchisi jamoani tark etishga yaqin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba klubdan ketish arafasida. Ayni paytda unga jamoadagi muhit yoqmayapti.
"L'Equipe" nashrining xabar berishicha, futbolchi uchun kurashda PSJ klubi favorit bo‘lib turibdi. Parijliklar 29 yoshli o‘yinchining barcha talablarini qabul qilishga tayyor.
PSJdan tashqari frantsuzni "Real", "Yuventus" va "Barselona" singari grand jamoalar kuzatib bormoqda.
Pol Pogba bu mavsum APLning 9 uchrashuvida ishtirok etib, 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar