Zidan "Real"ga Peres sabab qaytmaydi

Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan "Real"ga hamon qaytmoqchi emas. U klub prezidenti Florentino Peres bilan yaxshi chiqisha olmay qolgan. 

"RMC Sport" nashri xabariga ko‘ra, 2021 yil may oyida u jamoani 2-marta tark etganda, Peres bilan munosabatlari keskinlashgan. Shundan so‘ng mutaxassis va prezident deyarli gaplashishmadi. 

Ayni paytda Zidan ishsiz hisoblanadi. Avvalroq, unga "Yuventus", "Bavariya"  va "Marsel" jamoalaridan qiziqish borligi aytib o‘tilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!