
“Bunyodkor” OChLda so‘nggi daqiqalarda “ojiz” qolgan 5 ta o‘yin
Bugun OChL 2-turida “Bunyodkor” o‘z maydonida BAAning “Al-Ayn” jamoasiga so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mag‘lub bo‘ldi. Biz esa shu munosabat bilan “qaldirg‘ochlar”ning mazkur turnirda so‘nggi daqiqalarda “ojiz” qolgan o‘yinlarini eslashga harakat qilib ko‘rdik.
“Bunyodkor”ning raqibi “Al-Ayn” haqida faktlar
“Al-Ittixod” 1 – 0 “Bunyodkor”
Gol: Magnu Alvesh(80)
“Bunyodkor”ning OChLdagi ilk uchrashuvi. Umuman mazkur o‘yinda Mirjalol Qosimov jamoasi durang o‘ynashi mumkin edi. Ammo “yo‘lbarslar”ning legioneri – Magnu Alvesh bunga “rozi” bo‘lmagan edi.
“Lokomotiv” bugun qanday jamoani mag‘lub etdi
“Poxang Stilers” 4 – 1 “Bunyodkor”
Gollar: Kim Jae Sung((46), Denilson(57, 77), Kennedi(102) – Viktor Karpenko
Tarkibida Jeparov va Rivaldosi bo‘lgan “Bunyodkor” chorak finalning dastlabki o‘yinida 3–1 hisobida g‘alaba qozonadi. Ammo Koreyadagi javob bahsida mezbonlar ikkinchi bo‘limni fantastik tarzda o‘tkazib, dastavval hisobni 3–0 ko‘rinishiga ketirishadi. Faqatgina Viktor Karpenko o‘yinning 89-daqiqasida to‘p kiritib, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanishiga sababchi bo‘ladi. Bu bo‘limlarning dastlabkisida esa “Poxang” futbolchilari to‘rtinchi golni kiritishadi va qarabsizki – “Bunyodkor out”.
“Bunyodkor” OChL birinchi turida qanday natijalar qayd etgan?
“Poxang Stilers” 1 – 1 “Bunyodkor”
Gollar: Park Sung-Ho(90+3) – Oleksandr Pishur(79)
Yana “Poxang”… Ammo bu safargi o‘yinda hisob “qaldirg‘ochlar” uchun qoniqarli ko‘rinish olgan. Bu safar “Bunyodkor” “Poxang”nib ort ortida “qoldirib” ketgan edi.
“Nasaf”ning ChLdagi ishtirokiga oid faktlar
“Al-Nasr” 3 – 3 “Bunyodkor”
Gollar: Adrian Mejeevskiy(45+1 penaltidan), Al-Shehri(79), Abdulg‘ani(85) – Dostonbek Hamdamov(3, 76), Zuagi(33)
O‘tgan yilgi mavsumning ilk turida dastlabki daqiqalardagi Hamdamovning golidan so‘ng, ko‘pchilik mazkur o‘yinda “qaldirg‘ochlar”ning g‘alabasiga ishongan edi. Ikki bor “Bunyodkor” hisobda oldinga o‘tib olgan bo‘lsada, so‘nggi daqiqalar “sindromi” o‘z so‘zini aytgan edi.
“Lokomotiv”ning Chempionlar ligasidagi ishtirokiga oid faktlar
“Bunyodkor” 2 – 3 “Al-Ayn”
Gollar: Vadim Chemirtan(10), Dostonbek Hamdamov(43) – Omar Abdulrahmon(8, 89 penaltidan), Kayo(15)
Bugun “Bunyodkor” ilk bor o‘z maydonida OChL doirasida so‘nggi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchradi. To‘g‘ri, mazkur mag‘lubiyatga “qaldirg‘ochlar”ning maydonda 10 kishi bo‘lib qolishgani ham ta’sir etdi, albatta. Ammo Sergey Lushchan himoyada tartib o‘rnatmasa, uning jamoasiga OChLda oson bo‘lmaydi.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar