“Bunyodkor”ning raqibi “Al-Ayn” haqida faktlar

  • 27 fevral, 2017, 21:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Toshkenting “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida BAAning “Al-Ayn” jamoasini qabul qiladi. Bo‘lajak, uchrashuvda “qaldirg‘ochlar”ga omad tilagan xolda ularning raqibi – “Al-Ayn” haqidagi ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

“Lokomotiv” bugun qanday jamoani mag‘lub etdi

Vitaliy Denisov faoliyatiga nazar

1. “Al-Ayn” jamoasi shu nomdagi shaharda 1968 yilda tashkil topgan;

2. Jamoa o‘z uy uchrashuvlarini 23 mingga yaqin tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Hazza bin Zayd” stadionida o‘tkazib keladi. Ta’kidlash joiz mazkur muxtasham arena 2014 yilda ochilgan va 2019 yilgi Osiyo kubogi o‘yinlarini qabul qiluvchi stadionlardan biridir;

3. “Al-Ayn”ga BAA chempionati va Superkubogida g‘olib chiqish bo‘yicha hech kim teng kela olmaydi – 12 va 5 marta. Umumiy hisobda esa “Al-Ayn” 33 ta rasmiy titulga erishgan;

4. Aytgancha, “Al-Ayn” OChLda g‘olib chiqqan yagona Amirlik jamoasidir. 2003 yilgi mavsumda mazkur klub finalda “BEK Tero Sasana” jamoasini mag‘lub etishni uddalab, qit’ada tengsiz bo‘lgan edi;

5. Bundan tashqari, “Al-Ayn” 2005 va 2016 yilgi mavsumlarda finalga qadar etib borishning uddasidan chiqqan;

6. Shuningdek, “Al-Ayn” nomi ostida faoliyat yurituvchi gandbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, taekvondo va suzish kabi sport turlaridagi jamoalar ham mavjud;

7. Jamoa logotipida e’tibor qilsangiz minora surati tasvirlangan. O‘sha minoraning nomi esa – Al-Jaxili Fortdir;

8. “Al-Ayn” jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar – Axmad Abudlloxdir – 180 ta gol. Undan keyingi pog‘onadagi Asamoa Gyan hisobida esa 128 ta gol mavjud;

9. 49 yillik tarixga ega bo‘lgan “Al-Ayn”ni shu vaqtga qadar 47 mutaxassis boshqargan. Bugungi kunda esa jamoaga xorvatiyalik Zlatko Dalich ustozlik qilib keladi. Qayd etish joiz, Dalich boshqaruvidagi “Al-Ayn” 100 dan oshiq o‘yin o‘tkazgan va bor-yo‘g‘i 15 bor mag‘lubiyatga uchragan;

10. “Al-Ayn” ayni vaqtda BAA pro ligasida 19-turdan so‘ng 40 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Prezident kubogidagi yurish chorak finaldayoq, Liga kubogidagisi esa guruh bosqichidayoq nihoyasiga etgan. OChL 1-turida esa o‘z maydonida “Zob Axan”ni qabul qilgan “Ayn” futbolchilari 1–1 hisobida durang o‘ynashgan.

“Lokomotiv”ning Chempionlar ligasidagi ishtirokiga oid faktlar

“Bunyodkor” OChL birinchi turida qanday natijalar qayd etgan?

“Nasaf”ning ChLdagi ishtirokiga oid faktlar

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!