
Vitaliy Denisov faoliyatiga nazar
Bugun Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida to‘p suradigan hamurtimiz Vitaliy Denisovning tug‘ilgan kuni. Tajribali himoyachi bugun 30 yoshni qarshilamoqda. Shu munosabat bilan esa boz Vitaliyning faoliyatiga harflar yordamida nazar tashlashga harakat qilamiz.
“Manchester Yunayted” basketbol klubi haqida eshitganmisiz?
A – “Akademika” – Vitaliy “Paxtakor”dan ketib, “Akademika” klubida futbol sir-asrorlarini o‘rganishda davom etadi. 16 yoshiga qadar Denisov aynan mazkur jamoada o‘ynagan
V – Valeriy Gazzaev – “TsSKA”ning o‘sha vaqtlardagi murabbiyi bo‘lgan Gazzaev hamyurtimizga ko‘p ham ishonch bildirmagan. Shunday bo‘lsada, Vitaliy u haqida doimo iliq fikrlar bildirib keladi
Kasilyas vs Buffon dueli tarixi
G – Gennadiy Denisov – Vitaliyda futbolga bo‘lgan qiziqish otasidan o‘tgan bo‘lsa, ajab emas. Faqat Gennadiy Denisov darvozabon bo‘lgan bo‘lsa, Vitaliy himoyachi ampluasini tanlagan
D – “Dnepr” – Vitaliyni qaysidir ma’noda Vitaliy qilgan aynan “Dnepr” bo‘ladi. Denisov dnepropetrovskliklar tarkibida 6 mavsum to‘p surgan va 125 o‘yinda maydonga tushgan
I – Igor Cherevchenko – Vitaliy alohida e’tirof etadigan yana bir murabbiylardan biri. “Loko” aynan uning davrida biroz 2000 yillardagi “Loko”ni eslashga “harakat qilib” ko‘rgan edi
EChLda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoalar
K – Konstantin Sarsani – Vitaliy o‘z intervyularidan birida, “TsSKA”ga o‘tishiga aynan “Akademika”dagi ustozi Sarsanining gaplari sabab bo‘lganini aytib o‘tgan edi
K – “Krasnodar” – 2013 yilning 26 avgustida Vitaliy “buqalar”ga qrshi kechgan bahsda “temiryo‘lchilar” safidagi ilk golini kiritadi
“Oltin butsa”ga da’vogarlik qilayotgan 10 futbolchi
K – Kristina – Vitaliy Denisovning rafiqasi. Ular birgalikda ikki farzandni voyaga etkazishmoqda
L – “Lokomotiv” – Denisov 2013 yildan buyon aynan “temiryo‘lchilar” safida to‘p surib kelmoqda
P – “Paxtakor” – Mazkur jamoada Vitaliy futbolga ilk qadaminin qo‘yadi
R – Rossiya kubogi – Vitaliy ushbu turnirda ikki bor g‘olib chiqqan. 2005 yil “armiyachilar” bilan g‘olib chiqqan Denisov 2013 yilda “Loko” bilan mazkur musobaqada zafar quchadi
R – “Rostov” – bir safar aynan donliklarga qarshi bellashuvda Vitya uch bor sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan edi
R – rep – Denisov “Match TV” kanalidagi ko‘rsatuvlarning birida rep kuylagan edi. Qayd etish joiz, hamyurtimizda bu borada ham etarlicha iqtidori bor ekan
S – “Spartak NN” – mazkur jamoada Denisov ancha yaxshi faoliyat yuritdi. Bir yillik ijara davomida Vitaliy “Spartak” safida 14 uchrashuvda maydonga tushgan edi
S – Singapur – Vitaliy terma safidagi yagona golini aynan singapurliklarga qarshi o‘yinda kiritgan
Ts – “TsSKA” – Vitaliyning katta futboldagi ilk jamoasi aynan “armiyachilar” sanaladi va hamyurtimiz mazkur jamoa tarkibida deyarli o‘ynamagan bo‘lsada, katta sovrinlarni qo‘lga kirita olgan
X – Xuande Ramos – “Real”ning sobiq murabbiyi o‘z vaqtida Denisov to‘p surgan “Dnepr”ga ustozlik qilgan va hamyurtimiz, Ramos paytida futboldan lazzat olganini aytib o‘tgan edi
T – “Tor” – ko‘pchilik muxlislar Vitaliyni aynan mashxur film qahramoniga o‘xshatishadi
T – Terma jamoa – Denisov 2006 yildan buyon O‘zbekiston terma jamoasida faoliyat yuritib keladi va terma safida hozirga qadar 70 dan ziyod o‘yin o‘tkazgan
U – UEFA kubogi – “TsSKA”da o‘ynagan kezlari Vitaliy mazkur turnirda bir daqiqa ham o‘ynamagan bo‘lsada, ushbu nufuzli turnirda g‘olib chiqqan
E – Eng yaxshi… - Vitaliy Denisov uchun 2013 yil omadli o‘tdi. Ham klub, ham terma jamoada va aynan shu jihatlar tufayli himoyachimiz O‘zbekistonning eng yaxshi fubolchisi bo‘lgan edi.
Tavsiya etamiz:
“Bunyodkor” OChL birinchi turida qanday natijalar qayd etgan?
“Nasaf”ning ChLdagi ishtirokiga oid faktlar
“Lokomotiv”ning Chempionlar ligasidagi ishtirokiga oid faktlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar