“Manchester Yunayted” basketbol klubi haqida eshitganmisiz?

CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi Jahonda juda ham mashxurdir. Ammo ko‘pchilik mazkur nom ostida basketbol jamoasi ham mavjud bo‘lganini bilmasa kerak. Quyida, shu haqida hikoya etamiz.

Tecno

Kasilyas vs Buffon dueli tarixi

“Stockport Belgrade”

Mazkur basketbol jamoasi 1975 yil “Stockport Belgrade” nomi ostida tashkil etiladi va ko‘pchilikning e]tiboriga tushadi. Jamoaga basketbol olamida o‘ziga yarasha obro‘-e]tibori bo‘lgan Bill Besvik murabbiy etib taynilanadi.

Klub ikkinchi diviziondagi ilk mavsumdayoq ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. 1977 yilga qadar jamoa sovrinlarni qo‘lga kirita olmagan. Ammo o‘zining chiroyli o‘yinlari bilan, muxlislar safini kengaytirib boradi. “Stockport Belgrade”  tarkibida asosan amerikaliklar faoliyat yuritgan va ulardan eng mashxuri Bob Martin edi. Bir safar mazkur basketbolchi bir o‘yinda 52 ochko to‘plashga erishadi. Lekin shuncha ochko ham “Belgrade”ga g‘alaba uchun kamlik qilgan. Kelgusi 4 yilda esa jamoa o‘z omadini xalqaro maydonda sinab ko‘ra boshladi.

EChLda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoalar

“Warrington Vikings”

1981-82 yilgi mavsumda jamoa o‘z nomini “Warrington Vikings”ga almashtiradi. Qolaversa, baza ham yangi “Spectrum-Arena”ga ko‘chadi.

“Oltin butsa”ga da’vogarlik qilayotgan 10 futbolchi

“Manchester Yunayted”

1985 yilda esa jamoa nomi “Manchester Yunayted”, aniqrog‘i esa futbol olamidagi “MYu” jamoani sotib oladi klub va shu nom ostida faoliyat yurita boshlaydi. To‘liq nomi – “Red Devils Manchester United Basketball Club” . Yangi investorlar basketbol jamoasiga ham qiziqishni oshirish maqsadida “Old Trafford”da ham mazkur jamoa qayd etgan natijalar e’lon qilinib borilar edi.

1988 yildan e’tiboran esa klub nomi “Manchester Eagles”ga o‘zgaradi va oradan bir yil o‘tib, moliyaviy qiyinchiliklar sabab basktebol klubi tugatiladi.

Tavsiya etamiz: 

“Bunyodkor” OChL birinchi turida qanday natijalar qayd etgan?

“Nasaf”ning ChLdagi ishtirokiga oid faktlar

“Lokomotiv”ning Chempionlar ligasidagi ishtirokiga oid faktlar

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!