Gol urgan Yaxshiboev jamoasini chempionlik kurashiga qaytardi, o‘zi esa...

Qozog‘istonning amaldagi chempioni “Ordabasi” o‘tgan yili qo‘lga kiritgan unvonini himoya qilishga qiynalmoqda. Bu ko‘p jihatdan mavsumlar oralig‘ida tarkibda yuz bergan o‘zgarishlar bilan ham bog‘liq.

Shunday bo‘lsa-da, chimkentliklarga yuqori o‘rinlar uchun kurashda o‘zbek legionerlari – Jasurbek Yaxshiboev va Shahboz Umarov katta yordam beryapti.

Premer-liganing to‘rtinchi turida “Ordabasi” safar o‘yinida “Turon” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Bungacha chimkentliklar uchta uchrashuvda bittadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etgani bois, bu galgi bahsning natijasi muhim ahamiyat kasb etardi.

“Ordabasi” qiyin o‘tgan bellashuvni o‘z foydasiga hal qilishni uddaladi. Mehmonlarning g‘alabasini Jasur Yaxshiboev ta’minladi. Legionerimiz birinchi bo‘lim o‘rtalarida jamoadoshining jarima nuqtasidan uzatgan to‘pini boshi bilan “Turon” darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi. 

Jasurbek Yaxshiboev o‘z goli bilan jamoasini chempionlik kurashiga qaytardi hamda bundan tashqari, o‘zi ham liga to‘purarlari poygasiga qo‘shildi.

Ayni paytda legiorenimiz to‘purarlar bahsida uchtadan gol kiritgan Evgeniy Beryozkin (“Qiziljar”) va Idris Umaev (“Aktobe”) bilan birga peshqadamlik qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Jasurbek Yaxshiboev qo‘shni mamlakat chempionatining dastlabki to‘rtta uchrashuvidan uchtasida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Hamyurtimiz “Shaxtyor”, “Qayrat” va “Turon” darvozalarini ishg‘ol qildi. Shuningdek, uning hisobida bitta golli pas ham bor.

“Ordabasi”dagi ikkinchi vakilimiz – Shahboz Umarov  to‘rtta uchrashuvda bittadan gol va assist muallifi bo‘lgan.

To‘rtinchi turdan so‘ng Qozog‘iston Premer-ligasida sakkiz ochko to‘plagan “Qayrat” peshqadamlik qilmoqda. Bu jamoa ikkitadan g‘alaba va durang qayd etgan.

Joriy mavsumda “Qayrat” sharafini o‘zbekistonlik legioner Ibrohimxalil Yo‘ldoshev himoya qilmoqda. Qozog‘istonliklar chap qanot himoyachisini keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasidan bir mavsumga ijaraga oldi.

Yo‘ldoshev o‘zi uchun yangi chempionatda muntazam maydonga tushmoqda va “Qayrat”ning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.

Qozog‘iston Premer-ligada to‘p tepayotgan yana bir legionerimiz Shohnazar Norbekovning ishlari yurishmayapti. Tajribali hujumchimiz o‘ynayotgan “Qaysar” jamoasi hali birorta ochko jamrg‘ara olmagan yagona jamoa hisoblanadi.

Taniqli murabbiy Viktor Kumikov qo‘l ostida o‘ynayotgan Shohnazar Norbekov esa, uchta o‘yinda maydonga tushganiga qaramay, hali gollari hisobini ocha olgani yo‘q.

Gol urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi? Abbos uchrashuvdan keyin nimalar dedi?

Fayzullaev supergol urib, yubiley g‘alabani ta’minladi

Shomurodov boshqa darajadagi futbolchi. Eldorga yuqori baho berishdi!

Legionerimiz “sir”ni ochmadiO‘zbekiston hali hech kimga nasib qilmagan ishni uddalashi kerak

Shomurodovga imkon berilmayapti

Hasanboy Do‘smatov “dahshatli” reytingda birinchi!

Madrimovni mashhur bokschi ringga chaqiryapti. U Isroilning chempionlik kamariga ko‘z tikdi

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!