
Shomurodov boshqa darajadagi futbolchi. Eldorga yuqori baho berishdi!
O‘zbek futbolining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilari dunyoning bir necha mamlakatlarida to‘p tepib kelyapti. Birinchi navbatda, bor e’tibor kuchli beshlik ligalaridagi Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanovga qaratiladi.
Biri Italiyada “Kalyari”, ikkinchisi Frantsiyada “Lans” sharafini himoya qilib kelmoqda. Ular qatoriga Angliyaning “Brentford” klubi yoshlar jamoasida o‘ynayotgan va mutaxassislar tomonidan iqtidori alohida e’tirof etilayotgan Muhammadali O‘rinboevni qo‘shish mumkin.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Rossiya Premer-ligasini ham kuzatib kelmoqda. Bu mamlakat chempionatida Abbosbek Fayzullaev, Rustamjon Ashurmatov hamda Umarali Rahmonaliev ishtirok etmoqda.
Rossiyaning “Match TV” kanali “Rubin” markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov bilan suhbatda Eldor Shomurodovning imkoniyatlari darajasiga baho berishni so‘radi.
— O‘zbekistonda Rossiya Premer-ligasini kuzatishadimi?
— Albatta kuzatishadi. Bu erda mengacha Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov kabi o‘zbek futbolchilari o‘ynagan.
— Shomurodov bilan muloqot qilib turibsizmi?
— Ha, u mening yaqin do‘stim. U bilan milliy terma jamoada birga o‘ynaymiz. Shuningdek, Abbosbek Fayzullaev bilan ham aloqadamiz.
Shomurodov bizga Italiya haqida gapirib beradi. Yaqinda jarohatlangan edi, tiklanib oldi.
Eldor biz uchun o‘rnak, albatta. U Rossiya chempionatidan Evropaga yo‘l olgan va bizda ham ana shunday imkoniyat bor. Mashg‘ulotlarimizda Shomurodov boshqa darajadagi futbolchi ekani sezilib turadi.
— Evropada yoqtirgan ligangiz qaysi?
— Hozir bu haqida gapirishga erta. Lekin eng yaxshi ligalarda o‘ynash istagi bor. Hozircha, menga “Rubin” ham ma’qul.
Rustam Ashurmatov professional futbolchilik faoliyati davomida yurtimizda “Bunyodkor”, “Qo‘qon - 1912”, “Navbahor” jamoalari sharafini himoya qilgan. Legioner sifatida Janubiy Koreyaning “Kvandju” va “Kanvon” jamoalarida o‘ynagan.
2023 yilning boshidan beri “Rubin” a’zosi. Rustam O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2017 yildan beri ishtirok etib keladi. Markaziy himoyachimiz shu kunga qadar 34 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ygan.
Eldor Shomurodov esa, mamlakatimizda “Mash’al” va “Bunyodkor” jamoalarida faoliyat yuritganidan keyin 2017 yili Rossiyaning “Rostov”iga yo‘l olgan. 2020 yili A Seriyaga o‘tib, bu mamlakatda “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya”da to‘p tepdi va ayni paytda ijara asosida “Kalyari”da o‘ynayapti.
28 yoshli forvard 2015 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Xalqaro miqyosda 70 ta o‘yinda 40 ta to‘p kiritgan va terma jamoa uchun gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
Legionerimiz “sir”ni ochmadiO‘zbekiston hali hech kimga nasib qilmagan ishni uddalashi kerak
Shomurodovga imkon berilmayapti
Hasanboy Do‘smatov “dahshatli” reytingda birinchi!
Madrimovni mashhur bokschi ringga chaqiryapti. U Isroilning chempionlik kamariga ko‘z tikdi
Fikrlar