Shomurodovga yangi vazifa yuklatildi

A Seriyaning 28-turi qahramonlaridan hisoblangan Eldor Shomurodov eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchilardan biriga  aylandi.

Mavsum boshidan beri tanqid qilib kelinayotgan o‘zbek hujumchisi “Salernitana”ga qarshi o‘tgan uchrashuvda ikkita gol urib, jamoasining 4:2 hisobidagi  g‘alabasini ta’minlaganidan keyin yana muxlisu mutaxassislar diqqat markazida nomi zikr etila boshladi.

gettyimages-2071090057-612x612

Sports.uz portali Italiya ommaviy axborot vositalarining Eldor Shomurodov haqida tarqatayotgan ma’lumotlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishni davom ettiradi.

CORRIERE DELLO SPORT:

Shomurodov – qutqaruvchi. “Kalyari” endi o‘zbek hujumchisiga suyanishi mumkin. Eldor “Salernitana”ga ikkita gol urganidan keyin Klaudio Ranerida yangi qurol paydo bo‘ldi. Qariyb bir yil gol urmagan Eldor endi asosiy tarkibdan doimiy joy olishni istayapti.

Eldor 2023 yilning 2 aprelidan beri “quruq” seriyadan qutila olmayotgan edi. Mana “Salernitana” bilan bahsda dubl qayd etdi.  Shomurodov gol urishdan tashqari, ajoyib texnika, dribling va tezkorlik kabi sifatlarni namoyish etib,  “Kalyari”ning hujumlarining samarali chiqishini ta’minladi.

JUZEPPE AMISANI, futbol eksperti:

Klaudio Raneri ham har qanday murabbiy kabi tanlov imkoniyati cheklanib qolganidan ko‘ra, qo‘l ostida ko‘proq o‘yinchi bo‘lishini istaydi. Endi sardiniyaliklar bosh murabbiyi Eldor Shomurodovga e’tibor qaratmay iloji yo‘q. Uzoq muddat jismoniy holati tufayli soyada qolgan hujumchi ikkita gol bilan jamoaga qimmatli uch ochkoni keltirdi.

O‘zbek hujumchisi bilan yangi imkoniyatlar ochildi. Endi murabbiylar shtabi undan foydalanish uchun eng qulay vaqtni topishi kerak. Balki Gaetanoning safdan chiqqani Shomurodov uchun boshlang‘ich tarkibga yo‘l ochar. Agar shunday bo‘lsa 61-raqam egasi hujumda Lapadula bilan birga o‘ynaydi. Ikki yuqori klassli forvardlarning o‘zaro tandemini “Montsa”ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi uchrashuvda ham ko‘rishimiz mumkin.

LA NUOVA SARDEGNA:

Eldor Shomurodov o‘ziga keldi. Endi “Kalyari”da qo‘shimcha qurol ham bor. O‘zbek asosiy qahramon sifatida qaytdi, “Kalyari” esa, yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Bu Shomurodovning syurprizi. Uzoq muddatli “uyqu”dan keyin qayta uyg‘ongan o‘zbekning harakatlaridan hamma hayratda.

ENRIKO GAVIANO, futbol eksperti:

Aslida “Roma”dan ijaraga olingan hujumchi og‘ir jarohatga yo‘liqib, safdan chiqqunicha ham samara keltirishni boshlagan edi.

Shomurodov Salernodagi uchrashuvda Violaga va Sardiniyada “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda Pavolettiga golli pas uzatgandi. Endi mavsum oxiriga kelib, qolgan uchrashuvlarda Eldor “Kalyari” uchun qo‘shimcha qurol vazifasini o‘tab beradi. Qolgan o‘nta bahsdan sakkiztasi yuqori divizionda qolish masalasini hal qilish darajasidagi bellashuvlardir.

8e40b4b4cec4dd92b33a2fdcabcc84fa65ecd79cd0163551944065

Eldorning gollari evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritib, musobaqa jadvalida 14-pog‘onaga ko‘tarilib olgan “Kalyari” navbatdagi uchrashuvni 16 mart kuni “Montsa” maydonida o‘tkazadi.

Shomurodovning eng “sevimli” jamoasi qaysi?

Ana xolos: Shomurodov 342 kun kutgan ish 7 daqiqada hal bo‘ldi!

Ikkita gol urgan Shomurodov haqida Evropada nimalar deyishyapti?

Umarali Rahmonaliev Angliyada o‘ynashni ko‘zlayapti

O‘zbek futbolchisining o‘yini angliyaliklarga juda yoqdi

Ular orasida to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi bor...

O‘rinboev Angliyaga qanday borib qoldi?

Legionerimiz Angliyada o‘yin o‘tkazadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
12/03/2024 14:38
Гаэтано травма олдими