
Zarruh Adashev sparringda UFCning taniqli jangchilari bilan ishlamoqda
UFC promoushenida Zarruh Adashev (3-2-0) 20 yanvar kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. U “UFC ON ESPN 20” turniri doirasida xitoylik Su Mudaerji (13-4-0) bilan to‘qnash keladi. Avvalroq, u Jeff Molina (8-2-0) bilan jang qilishi kerak edi. Biroq Molinada koronavirus aniqlanganligi tufayli, raqib o‘zgargan edi.
Biz hamyurtimizdan jangga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani va kimlar sparring partnyor bo‘layotganligi bilan qiziqdik.
- Tayyorgarliklar yaxshi ketmoqda. Hozirda Nyu-Yorkda yana pandemiya avj olganligi sababli, men Nyu-Jersida mashg‘ulotlar olib bormoqdaman. Kecha, so‘ngi sparringlar bo‘lib o‘tdi. Odatda, har doim akam sparring sherigim bo‘lardi. Bu safar u Nyu-Yorkda qolganligi uchun boshqalar bilan ishladim. Ular UFCning anchagina taniqli vakillari Frenki Edgar va Timur Valievdir. Xitoylik raqibim ushu-sanda ustasi sanaladi. “Stoyka”da ajoyib harakat qiladi. Frenki va Timur aynan, uning kuchli jihatlariga qarshi tayyorgarlik ko‘rishimda yordam berdilar. O‘ylaymanki, g‘alaba qozonib, barchani xursand qilishga harakat qilaman.
Andijonda yana bir iste’dodli vakilimiz qirg‘izistonlik jiddiy raqib bilan jang qiladi
Shohasan Mirzamatov ham Andijonda jang qiladi. Raqib qozog‘istonlik...
Avliyoxon Hamidov kanadalik raqibga qarshi jang qiladi
Nursulton Ro‘ziboevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. U Andijonda jang qiladi
Fikrlar