EChL oldidan "Real" etakchisi jarohat oldi

  • 19.02.2021 19:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Real" hujumchisi Karim Benzema La Liga 24-turidan o‘rin olgan "Real Valdolid"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Frantsiyalik bugungi jamoaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan va navbatdagi o‘yin uchun qaydnomadan o‘rin olmaydi. Shuningdek, "Cadena COPE" nashrining xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi bahsda ham maydonga tusha olmaydi.

"Qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan bugun bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida Benzemaning holati haqida aniq ma’lumot aytishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" 20 fevralda "Real Valyadolid", 24 fevral kuni "Atalanta"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!