"Barselona" super kambek evaziga "Sevilya"ni engdi va kubok finaliga chiqdi (video)

  • 4 mart, 2021, 10:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogining yarim final javob bahsida “Barselona” o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qildi.

Dastlabki o‘yinda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan kataloniyaliklar ushbu o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Barselona” safida gollarni Usmon Dembele (12'), Jerar Pike (90') va Martin Breytueyt (95') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!