
Muhim uchrashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov qanday ko‘rsatgichlar qayd etdi?
Xabaringiz bor, Italiya A Seriyasining 38-turidan o‘rin olgan bahsda "Roma" "Torino" bilan to‘qnash kelib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bellashuvni milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushib, 72 daqiqa harakat qildi.
Hamurtimizning bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etgan statistikasi bilan batafsil tanishing:
Daqiqa - 72
Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar - 1
Dribling urinishlari – 0/1
To‘pga teginishlar soni - 25
Uzatmalar aniqligi - 7/12 (58%)
Keskin uzatmalar - 1
Uzoq masofaga uzatmalar – 0/1 (0%)
Yakkakurashlar – 3/8
Qoida buzarliklari – 2
Unga nisbatan qoida buzilishi – 2
To‘pni tortib olish – 3
Xg - 0.01
Eslatib o‘tamiz, rimliklar ushbu g‘alabasi orqali ham Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
Fikrlar