Shomurodovning so‘nggi o‘yinini xorijlik ekspertlar qanday baholadi?

  • 26 may, 08:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning bu yilgi mavsumida chempionlik, sovrinli o‘rinlar, Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmalari, yuqori divizionda jon saqlab qolish uchun kurash oxirgi turgacha davom etdi.

Tecno

Klaudio Raneri qo‘l ostida mavsumning eng yaxshi jamoasiga aylangan “Roma” quyi  pog‘onalardan ko‘tarilib, Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga da’vogarlik qildi. Bu maqsadga erishish uchun “bo‘rilar”ga bir ochko kamlik qildi.

Jamoa 38-turda Turinda “Torino”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganiga qaramay, bu shaharning ikkinchi jamoasi – “Yuventus”ga etolmaydi. Chempionatni beshinchi o‘rinda yakunlagan rimliklar kelasi mavsum qit’aning ikkinchi nufuzli turniri – Evropa ligasida ishtirok etadi.

Quvonarli tomoni esa, Eldor Shomurodov mavsumni zaxira o‘yinchisi maqomida boshlab, “Roma”ning asosiy hujumchisi darajasida yakunladi. “Torino”ga qarshi bahsda ham legionerimiz boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, 70 daqiqa harakat qildi.

Nufuzli manbalardan biri – romaforever.it portali ekspertlari “Roma” futbolchilarining “Torino” qarshi bahsdagi harakatlarini quyidagicha baholadi.

SVILAR 6:

“Torino” rimliklarning asosiy darvozaboniga hech qanday muammo tug‘dira olgani yo‘q. Sviler navbatdagi quruq uchrashuvini rasmiylashtirib qo‘ydi.

ChELIK 6:

Turkiyalik futbolchi uchun ham bahs ancha osoyishta o‘tdi. Sensatsion harakatlarni amalga oshirmagan bo‘lsa-da, barqarorlik ko‘rsatdi.

MANChINI 6:

Mavsumning oxiriga kelib, Manchini haqiqiy jamoa sardori darajadasida o‘ynadi. Harakatchanligi bilan jamoadoshlariga o‘rnak bo‘ldi.

NDIKA 6:

“Roma” joriy mavsumda uch nafar murabbiyni ishlatgan bo‘lsa, ularning har biri jamoaga o‘z o‘yin uslubini singdirdi. Shunga qaramay, Ndika mavsumdagi 38 ta o‘yinda ishtirok etgan yagona futbolchi bo‘ldi. Afrikalik o‘yinchi himoya chiziqda tartib va barqarorlikni ta’minlab berdi.

SALEMAKERS 7,5:

Qanotdagi kutilmagan yurishlari bilan jamoaga katta foyda keltirdi. Aleksis penalti ishlab berdi va ikkinchi bo‘limda o‘zi ham gol urib, uchrashuv qahramoni bo‘ldi.

KRISTANTE 6:

Harakatchan futbolchi bu bahsda gol urgan edi. Biroq Anjelinoning offsaydi tufayli u inobatga olinmadi. Kristante ortiqcha harakatlarsiz, barqaror o‘ynadi.

PAREDES 6,5:

Mavsumning so‘nggi uchrashuvlarida argentinalik jahon chempioni jamoa o‘yinini nazorat qilib turdi. Qiyin pallada penalti tepish mas’uliyatini bo‘yniga oldi.

KONE 6,5:

Qat’iyati va indiviudal harakatlarini jamoa manfaatlariga yo‘naltirib o‘ynadi. U jamoa uchun muhim o‘yinchi  ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

ANJELINЬO 6,5:

Anjelino bu gal hal qanotdagi reydlari bilan jamoaga katta yordam berdi. Toliqmaydigan o‘yinchi darvozaga ham xavf solishni unutgani yo‘q.

SULE 7:

Dibalaning o‘rnini egallagan Sule keyingi uchrashuvlarni ancha ishonchli o‘tkazdi. Ayniqsa, Salemakersga uzatgan assisti juda ahamiyatli bo‘ldi.

ShOMURODOV 6,5:

O‘zbek futbolchisi yana bir uchrashuvda jamoa uchun faol o‘ynab berdi. Boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan Shomurodov oldingi chiziqda jamoadoshlari uchun bir necha bor gol urishga qulay vaziyat yaratib berdi. Biroq bundan samara chiqara olishmadi. Eldorning o‘zi ham gol urishga harakat qildi, biroq samaradorlik bo‘yicha shaxsiy rekordini takrorlay olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsum A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasida jami 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga ettita gol va beshta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!