O‘zbekistonga qarshi muhim o‘yinda saudiyaliklarning ikki asosiy futbolchisi maydonga tusha olmaydi
Xabaringiz bor, bugun milliy terma jamoamiz Jahon chempionati 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinni o‘tkazadi. 8-turning markaziy o‘yini hisoblangan bahsda Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston guruh peshqadami nomiga oydinlik kiritish uchun kurashadi.
O‘tgan uchrashuvlarda olgan sariq kartochkalari soni ko‘payib ketganligi bois, mazkur qarama-qarshilikni "sahro lochinlari" etakchilari Salim Al-Dovsari hamda Abdulloh Al-Malki o‘tkazib yuboradi. Aynan Al-Dovsari birinchi davradagi o‘zaro o‘yinda darvozamizga jamoasining g‘alaba golini kiritgandi. Biroq yana bir yuqori darajadagi futbolchisi Abdulloh Otayf maydonga tushishi mumkin.
Shuningdek, biz uchun ham xushxabar bor. "Nasaf" vakili, iste’dodli yarim himoyachi Oybek Bozorovning diskvalifikatsiya muddati o‘z yakuniga etdi va u bugungi muhim o‘yin qaydnomasidan o‘rin olishi katta ehtimol. Oybek Vadim Abramov foydalanishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatorida.
OFK rasmiy sayti: Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston triller uchun tayyor! (prevyu)
JCh saralashi. Bugun 3-bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ladi!
Bugun O‘zbekiston hayot-mamot o‘yinida maydonga tushadi!



Fikrlar