
Mbappe: "Bu eng yaxshi PSJ emas"
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe parijliklar ayni damda o‘zining eng yaxshi formasida emasligini, biroq bu holat g‘alaba qozonishga to‘siq bo‘la olmasligini ta’kidladi.
Frantsiya chempionati 13-turida Parij klubi "Bordo"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur o‘yinda frantsuz bitta gol va ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
"PSJ o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmayapti, lekin tashvishlanishga hojat yo‘q. Bizning futbolchilar mehnatkash va o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz. O‘yin oxirida o‘tkazib yuborilgan gol bo‘lmasligi mumkin edi. Shunday bo‘lsada, asabiylashdik deb ayta olmayman", - dedi Kilian.
Qayd etish joiz, Pochettino shogirdlari 13 tur yakuniga ko‘ra, 34 ochko jamg‘arib, Frantsiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Fikrlar