Xavi "Barsa"ning Chempionlar ligasini tark etganiga izoh berdi

  • 9 dekabr, 2021, 15:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan bahsda "Barselona" Myunxenda "Bavariya" mehmoni bo‘ldi. 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan kataloniyaliklar guruhda 3-o‘rinni egallab, Evropa ligasiga tushib ketdi.

Tecno

Ushbu salbiy natijadan keyin ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: "Hozir biz uchun juda og‘ir payt. Lekin men "Barsa" bilan birga bo‘lishni istayman. Vaziyatni to‘g‘irlashga harakat qilamiz.

Evropa ligasi ayni damda bizning haqiqatimiz. Buni qabul qilib, ishtirokimizni shu erda davom ettirishimiz lozim, garchi muxlislarimiz bunga loyiq bo‘lmasa ham. "Barselona"ning barcha muxlislarini ishontirib aytmoqchimanki, biz juda qattiq mehnat qilamiz. Bugungi mag‘lubiyat bizni o‘zgarishga majbur qilishi kerak".

Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" EChL "E" guruhida "Bavariya" va "Benfika"dan ortda qoldi.

"Bavariya" murabbiyi: O‘zimiz istaganimizda, bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!