Gollarga boy kechgan "Andijon" - "Rotor" bahsida g‘olib nomi aniqlanmadi

  • 16 fevral, 2022, 16:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkida yig‘in o‘tkazayotgan “Andijon” klubi bugun ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan. Dastlabki bahs Volgogradning “Rotor” klubiga qarshi bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lib, unda asosiy tarkibga nomzod futbolchilar sinovdan o‘tkazildi.

Tecno

“Andijon”: Eldor Adhamov, Abduvohid G‘ulomov, Ildar Mamatkazin, Azamat Isroilov,  Vladimir Bubanya, Ilhom Alijonov, Muhammadkarim Toirov, Goran Milochko, Farhod Sohibjonov, Bogdan Milich, Shahboz Erkinov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Mamatkazin, Bobur Davlatov, Sherzod Esonov, Ahror Inoyatov.

Aytish joizki, ushbu bellashuv qiziqarli va gollarga boy tarzda o‘tdi va yakunda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga rozi bo‘ldilar. Avvaliga rossiyaliklar hisobni ochishdi. Keyinchalik Vladimir Bubanya va Bogdan Milichning gollari evaziga “Andijon” hisobda oldinga chiqib olgandi. Biroq uchrashuv oxirlariga yaqin “Rotor” futbolchilari muvozanatni tikladilar.

Rejaga ko‘ra, “Anlijon” bugunning o‘zida ikkinchi nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Vorskla-U21” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Unda ko‘proq yosh futbolchilarga imkoniyat beriladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!