
Abbosbek Fayzullaev: "Penaltilar seriyasini lotereya, deyishadi, haqiqatan ham shunday"
U23 Osiyo Kubogi chorak finali doirasidagi O‘zbekiston - Iroq uchrashuvida Kapadze shogirdlari penaltilar seriyasida zafar quchdi. Bahsdan so‘ng jamoamiz pleymeykeri Abbosbek Fayzullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalambor, butun xalqimiz, muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Penaltilar seriyasi lotereya, deb aytishadi, haqiqatan ham omadi kelgan jamoa unda g‘alaba qozonadi. Jamoamiz 130 daqiqa 10 kishi bo‘lib juda yaxshi harakat qildi.
Qolaversa, 2-golni o‘tkazib yuborishimiz darvozabonning xatosi emas. U ham qaysidir ma’noda bizga yordam bermoqchi edi va g‘alabamizda asosiy qahramonlardan biri. Ne’matovning chetlatilishi haqida biror gap ayta olmayman, o‘yinni qayta ko‘rib chiqib, xulosa qilamiz".
Penaltidan gol ura olmagan futbolchimiz o‘sha vaziyat haqida nimalar dedi?
Fikrlar