O‘zbekiston kubogi finali o‘tkazilgan "Buxoro" stadioni buziladimi? Deputat hech qaerda e’lon qilinmagan boshqa ma’lumotlar borligini bildirdi. Rasmiy izoh kutilmoqda

  • 12 yanvar, 2023, 13:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Buxoro tomonlarda "Buxoro" stadioni buzilishi, uning o‘rniga turizm shaharchasi barpo etilishi borasida xabarlar bolaladi. Bu bo‘yicha klub tomonidan biror fikr yangramadi. Ammo Oliy Majlis Qonunchilik palatisi deputati Umida Rahmonova feysbukdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi. Demak, ushbu gaplar shunchaki mish-mish emas. Aytishadiku, shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi...

Tecno

- Bugun bir ma’lumotga ko‘zim tushdi. Buxorolik hamyurtlarimiz "...Buxoro shahri markazidagi Markaziy stadion buziladi.." - degan yangilikdan lol.

Ma’lumot uchun:

Buxoro markaziy stadioni 25 ming tomoshabinga mo‘ljallangan, uncha - muncha viloyatda bo‘lmagan viloyatdagi yagona yirik sport majmuasi.
Ob’ektning qadrli tomoni shundaki 20 dan ortiq sport turlari bo‘yicha to‘garaklar joylashgan, engil atletika mashg‘uloti talablariga javob beradigan yagona joy. Yana bir tomoni har kuni minglab aholi foydalanadi. Ayniqsa, erta tongda va kechda gavjum bo‘ladi. Sportchilar, havaskorlar va salomatlikni ustun deb bilgan aholi, keksalar va bolajonlar uchun mashg‘ulot joyi.

Albatta, aholiga bu mish-mish yoqmadi. Hammaga qadrdon bo‘lgan joyda sayohatchi va ayrim ajnabiylar uchun shaharcha qurishmoqchi. Mahalliy aholichi? Afsuski, shaharda aholini sog‘lomlashtirish va yugurish yo‘lakchalari hali etarli emas. Ayrim ma’lumotlarda shahar tashqarisidan joy ajratiladi, degan mish-mish ham bor. Ammo biror joyda rasmiy ma’lumotga ko‘zim tushmadi.

IMG_3255

Savol:

Mamlakatimiz rahbari 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilsin, degan bir paytda bu qaror qanchalar to‘g‘ri?

Qaror va takliflarga teskari ishlamaylik, o‘zi shusiz ham oxirgi paytda mana shunday o‘lda - jo‘lda qarorlar ortidan hukumatga ishonch so‘nyapti. Bunga sababchi bo‘lish yaxshi emas (Buning ustiga Buxoro citi ham hali bitmagan, avval bitta citini halollab olaylik).

Balki hududning boshqa tarixiy joylariga ham turistlarni jalb qilish uchun aynan o‘sha erlarda bu shaharchani rejalashtirish kerakdir? Sababi Buxoro shahrida shusizam turistik oqim katta. Qolaversa, juda katta mablag‘ evaziga qurilgan va yillar davomida bir necha bor rekonstruktsiya ham qilingan. Shuncha mablag‘ni buzish shartmikan!?

Qolaversa, Shaharsozlik kodeksining 38-moddasida aholi punktlari rejasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi kerak, deyilgan muhokama natijalari bormi?

Xullas savollar ko‘p, ammo rasmiylardan munosabat yo‘q.

Buxorodan saylangan deputat sifatida asosli, aniq RASMIY munosabat berishlarini so‘rayman. Bizda hech qaerda e’lon qilinmagan boshqa ma’lumotlar ham bor balki rasmiylar aniqlik kiritishar. Shaxsiy fikrim, Markaziy stadion o‘rni turizm shaharchasining joyi emas! - deya fikr bildirdi Oliy Majlis Qonunchilik palatisi deputati Umida Rahmonova.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu stadion qaytadan ta’mirdan chiqarilgandi va O‘zbekiston Kubogi finaliga mezbonlik qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!