Rasman! "JCh-2026" ochilish o‘yini qaerda bo‘lib o‘tishi ma’lum

2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga Meksika, AQSh va Kanada davlatlari mezbonlik qiladi. FIFA rasmiy sahifasi orqali mana shu mundialning ochilish o‘yini qaysi stadionda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. 

"2026-JCh"ning birinchi uchrashuvi Meksika poytaxti Mexiko shahrida joylashgan "Estadio Asteca" stadionida o‘tkaziladi. 

New Retail Projects for Azteca Stadium Before 2026 World Cup

Ushbu stadion juda ham mashhur bo‘lib, shu paytgacha ikki marta mundial finaliga mezbonlik qilgan (1970 va 1986). Pele boshchiligidagi Braziliya terma jamoasi 1970 yilda "Estadio Asteca"da bo‘lib o‘tgan bahsda Italiyani 4:1 hisobida mag‘lub qilib, 3-bor jahon chempioniga aylangan.

Brazil's Improbable Journey to Win the 1970 World Cup

"1986-JCh" chorak final doirasida bo‘lib o‘tgan Argentina - Angliya uchrashuvida inglizlar 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yinda Diego Maradona dubl qilgan va gollaridan birini siz aniq bilasiz. Argentina afsonasi qo‘li bilan darvozani ishg‘ol qilgan bahs aynan "Estadio Asteca"da o‘tkazilgan. O‘sha yili argentinaliklar turnir g‘olibiga ham aylandi.

Diego Maradona Hand of God goal: Argentina vs England, 1986 World Cup, Goal  of the century, watch, video

Lotin Amerikasida kattaligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan "Estadio Asteca"da Meksika terma jamoasi o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Mazkur stadion o‘z bag‘riga 87523ta odamni sig‘dira oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Козимжон Дехконов
05/02/2024 07:18
Мексика пойтахти Мехико