Beshtadan to‘rttasi xato - "Qizilqum" - "Andijon" o‘yinidan so‘ng mehmonlar shikoyat yo‘llagan 5 vaziyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

  • 17 iyun, 2024, 17:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 15 iyun sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 11-turi doirasida "Qizilqum" - "Andijon" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng mehmonlar 5 vaziyat bo‘yicha hakamlik ustidan shikoyat yo‘llashgandi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi shikoyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 

Tecno

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

"Qizilqum" - "Andijon". 1-vaziyat: Mezbonlar foydasiga jarima zarbasi

1-holat bo‘yicha uchrashuvning 2-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida to‘p uchun kurash kechgan. Bosh hakam Sardor Ismatullaev bu vaziyatda “Qizilqum” futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatildi, deb topgan va “Andijon” darvozasi tomoniga jarima zarbasi belgilagan. 

Ushbu vaziyat ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko‘rib chiqilgandan so‘ng bu vaziyatda to‘p uchun o‘yin bo‘lganini, jarima zarbasi noto‘g‘ri belgilanganini, o‘yin davom ettirilishi kerakligi ta’kidlandi hamda hakamning qarori noto‘g‘ri, deb hisoblandi.

https://youtu.be/FZyeMeFSCMk?list=PL4tHyf5I--nj2_hkcSrIZSLvBo39D6GAZ

"Qizilqum" - "Andijon". 2-vaziyat: Mehmonlar vakiliga ko‘rsatilgan qizil kartochka

2-holat bo‘yicha uchrashuvning 24-daqiqasida “Andijon”  jamoasi futbolchisi “Qizilqum” futbolchisiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Sardor Ismatullaev “Andijon” futbolchisiga nisbatan qizil kartochka ko‘rsatdi. 

Ushbu vaziyat ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko‘rib chiqilgandan so‘ng harakat qizil kartochkaga tortmasligi, sariq kartochka ko‘rsatilishi kerakligi ta’kidlandi. Hakamning qarori noto‘g‘ri, deb topildi.

https://youtu.be/0llEgHah6Zw?list=PL4tHyf5I--nj2_hkcSrIZSLvBo39D6GAZ

"Qizilqum" - "Andijon". 3-vaziyat: Kartochka ko‘rsatilmagan jarima zarbasi

3-holat bo‘yicha uchrashuvning 43-daqiqasida “Qizilqum”ning 17-raqamli futbolchisi “Andijon”ning 8-raqamli futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Bosh hakam Sardor Ismatullaev bu vaziyatda jarima zarbasi belgilaydi, lekin kartochka ko‘rsatmaydi. 

Ushbu vaziyat ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko‘rib chiqilgandan so‘ng bu holat xavfli vaziyat bo‘lgani uchun jarima zarbasi belgilangan, hakam kartochka ko‘rsatmay to‘g‘ri qilgan. Referining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

https://youtu.be/vZlPwOmDJIM?list=PL4tHyf5I--nj2_hkcSrIZSLvBo39D6GAZ

"Qizilqum" - "Andijon". 4-vaziyat: Belgilanmagan jarima zarbasi

4-holat bo‘yicha uchrashuvning 45-daqiqasida “Andijon”ning 77-raqamli futbolchisi raqib darvozasi tomon birga-bir chiqib ketayotgan vaziyatda “Qizilqum”ning 22-raqamli himoyachisi tomonidan qo‘pollik ishlatilgan holatda to‘xtatilgan. Bosh hakam Sardor Ismatullaev ushbu vaziyatda hech qanday jarima zarbasi belgilamagan va himoyachiga kartochka ko‘rsatmagan. 

Ushbu vaziyat ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko‘rib chiqilgach, bu vaziyatda jarima zarbasi belgilanishi hamda sariq kartochka ko‘rsatilishi kerak edi, degan xulosaga kelindi. Komissiya hakamning qarorini noto‘g‘ri, deb topdi.

https://youtu.be/CX2yDm_icEg?list=PL4tHyf5I--nj2_hkcSrIZSLvBo39D6GAZ

"Qizilqum" - "Andijon". 5-vaziyat: 11 metrlik jarima zarbasi

5-holat bo‘yicha uchrashuvning 83-daqiqasida "Qizilqum"ning 22-raqamli futbolchisi andijonliklar jarima maydonida yiqilib tushdi. Bosh hakam Sardor Ismatullaev dastlab o‘yinni davom ettirdi, ammo sal o‘tib VAR hakami referini monitor yoniga chaqirdi. Sardor Ismatullaev VAR orqali vaziyatni o‘rgangach esa nuqtaga ishora qildi. 

Ushbu vaziyatda hech qanday o‘yin qoidasi buzilishi mavjud emas va penalti uchun asos yo‘q. Komissiya tomonidan hakam qarori noto‘g‘ri, deb hisoblandi.

https://youtu.be/TCzBxvFNYWY?list=PL4tHyf5I--nj2_hkcSrIZSLvBo39D6GAZ

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Markaz shuni ma’lum qiladiki, har bir o‘yindagi hakamlar faoliyati bilan bog‘liq barcha jarayonlar nazoratga olingan. “Qizilqum” - “Andijon” o‘yinidagi hakamlarning qarorlari o‘rganib chiqildi hamda tegishli jazo chorasini ko‘rish uchun hakamlar qo‘mitasiga oshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
18/06/2024 06:01
МЕН НАСАФ МУХЛИСИМАН БИР УЙИНДА 5 ТАДАН 4 ТАСИДА ХАТО КИЛГАН ХАКАМНИ УЗБЕКИТОН БИРИНЧИЛИГИДА ХАКАМЛИК КИЛИШГА ЛОЙИКМИ УНИ МУТЛОКА ХАКАМЛИКДАН ЧЕТЛАТИШ КЕРАК ТАМОМ КЕЙИН ХАЛОЛ УЙИН КОИДАСИГА АМАЛ КИЛИШДА ХАКАМЛАР КАТТИККУЛ БУЛИШИ ШАРТ СУГДИЁНА НАСАФ УЙИНИДА СУГДИЁНА ДАРВОЗАБОНИ ЭРКАКЛАР ФУТБОЛИНИ УЙНАМАДИ.
&
Mansurbek
18/06/2024 01:34
Chorasini bilamiz bir yoki ikkita o‘yinga chetlatadi ammo uch achkochi. Shunaqa chalasavod xakamlarni deb fudbol o‘lyapdi. Pora olganmi yo‘qmi xabarimiz yo‘qku lekin qilgan ishi noto‘g‘ri. Alloh jazosini bersin xakamni. Allohga qo‘udik bu xakamni