
"Lokomotiv" o‘z tarkibiga yangi futbolchini qo‘shib oldi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yana bir transferni e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, o‘tgan yilni "Metallurg" tarkibida o‘tkazgan Xudoyshukur Sattorov "Temiryo‘lchilar" bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Xudoyshukur Sattorov 1998 yil 10 fevralda tug‘ilgan. Markaziy himoyachi ampluasida to‘p tepadi.
Futbolchilik faoliyati davomida shu paytgacha Superligada 88 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. Qolaversa, O‘zbekiston Kubogi doirasida 11 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar