Vinisiusni milliard dollarga olib kelamiz. Mana shu yutug‘imiz! Saudiyalik muxlislar g‘azabda

  • 20 aprel, 23:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xalqaro sport matbuoti assotsiatsiyasi a’zosi (saudiyalik) Halid Alolyan O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni (2:0) uchrashuvi davomida o‘z sahifasiga o‘yindagi ko‘plab epizodlarni joylab turdi. Izohlarda esa saudiyalik muxlislarning fikrlari diqqatimizni tortdi: 



BADER

- Vinisiusni milliard dollarga olib kelamiz. Bu haqiqiy yutuq. Aytgancha, Neymar, Ronaldu va Benzemani ham olib keldik. Yana3 ta yutuq.

Adel Al-Husain

- 56 daqiqa 9 nafar o‘yinchi bo‘lib harakat qilgan jamoa ustidan g‘alaba qozona olmaganlar 2034 yilda 27 yosh bo‘ladi. Kelajak qanday bo‘lishini tasavvur qila olmayapman. 

Adel Al-Husain

- Xudo haqqi, 6-raqamli o‘yinchimiz futbolni tushunadi. Ularning hujumchisi bir o‘zi oldinga o‘tyapti va u kimni qo‘riqlayapti? 

Asian 

- Bu to‘da qanday qilib milliy terma jamoaga aylandi? Biz hali yosh futbolchilarni qanday qilib jamoaga aylantirishni bilmaymiz. 

Nayef 

- Bu bizning 34 dagi jamoamiz! Ikkita futbolchisi chetlatilgan jamoa ularga qarshi ikkita gol urishdi. Ular to‘pni bizdan ko‘ra ko‘proq nazorat qilishmoqda. Ular qanday qilib finalga chiqdi. 

Khalid bin Saleh

- Jidda va Makka xiyobonidagi stadionlarni kezing. Eng zo‘r futbolchilarni tanlab oling. Allohga qasamki, ular mana bu futbolchilardan 100 baravar yaxshi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!