Legionerimizga ogohlantirish: "Siz Dembele emassiz, xayr! O‘runov 180 gradusga o‘zgarishi kerak"

  • 21 aprel, 13:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron chempionatida 2024/25 yilgi mavsum yakunlanishiga ham 3 tur qoldi. Amaldagi chempion 27-turdan so‘ng 51 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 56 ochkosi bor "Sepaxon" esa ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. "Traktor" esa bir o‘yin zaxirasi bilan etakchi bo‘lib turibdi. 

Tecno

Eron chempionati 27-turi doirasida "Persepolis" - "Sepaxon" bahsining 32-daqiqasida mezbonlar vingeri Oston O‘runov jarohat olib maydonni tark etdi. Fors nashrlarining xabarlariga ko‘ra, legionerimizning qaytishiga taxminan 2-3 hafta ketadi. 

"varzesh3"da quyida xabar chop etildi.

"Sepaxon”ga qarshi o‘yinning 25-daqiqasida O‘runov ikkinchi marta jarohat olganini his qilib, maydondan olindi va uning o‘rniga Farshod Ahmadzoda tushdi. "Perspolis" shifokorlari ko‘rigidan so‘ng, Ostonning kamida ikki-uch hafta maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi.

U o‘ng son payida engil zo‘riqishni boshdan kechirgan va shu sababli "Sepaxon"ga qarshi o‘yinni davom ettira olmagan hamda almashtirilishga majbur bo‘lgan.

Futbolchida jismoniy muammolar bor, shunga qaramay, buni hal qilish mumkin. O‘runov "Persepolis" tibbiyot xodimlari bilan birga ovqatlanishi, dam olishi, individual mashg‘ulotlari va hokazolar bo‘yicha nazorat ostida bo‘lishi kerak, ammo ko‘rinib turibdiki, futbolchi bu kabi masalalarga e’tibor qaratmaydi. Shu sababli u doimo jarohat oladi va turmush tarzi professional futbolchinikiga o‘xshamaydi.

Tibbiy muammolardan tashqari, O‘runovning o‘zi ham jarohatlardan qoch ish uchun turmush tarzi va mashg‘ulotlarida ko‘p narsalarni kuzatishi kerak; Frantsiya terma jamoasi yulduzi Usmon Dembelega nima bo‘ldi? “Barselona”da tinimsiz jarohat olib, barchani ranjitib yurgan bu futbolchi ketma-ket ikki mavsum PSJda turmush tarzi va mashg‘ulotlarini o‘zgartirib, super formaga kirdi, super mavsum o‘tkazmoqda.

Albatta, O‘runov “Persepolis” tibbiyot xodimlari bilan shug‘ullanib, boshqa professional futbolchilar kabi ovqatlanish, mashg‘ulot, uyqu va hokazolar bo‘yicha kerakli maslahatlarga amal qilsa, jarohati yaxshilanadi. Boshqa tomondan, Ismoil Kartal ham O‘runovdan hafsalasi pir bo‘lgan, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!